23:54 / 28.07.2020
2 372

Sardobalik ota 25 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi

Sardobalik ota 25 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi «Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 808-sonli qarori bilan voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek voyaga yetmagan bolalar, er (xotin), sobiq xotin (sobiq er) va boshqa mehnatga layoqatsiz shaxslar ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov shartnomasini tuzish tartibi belgilangan.

Mazkur Qaror mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish borasida qator targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lib, buning natijasini Byuroning Sardoba tuman bo‘limi misolida ko‘rishimiz mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 08.01.2013 yildagi sud buyrug‘iga ko‘ra, qarzdor X.Yakubovdan undiruvchi X.Yakubova foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadlarining 1/3 (uchdan bir) qismi miqdorida voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan.

Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari, qolaversa, targ‘ibot ishlari natijasida tomonlar kelishib, farzandlari voyaga yetguniga qadar 25 million so‘m aliment pullari undiruvchi foydasiga naqd ko‘rinishda undirib berildi.
Ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardobalik ota 25 million so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi