08:53 / 29.07.2020
2 478

Olimlar: "Koronavirus yosh va sog‘lom ko‘rinadigan odamlar tomonidan tarqatiladi"

Olimlar: "Koronavirus yosh va sog‘lom ko‘rinadigan odamlar tomonidan tarqatiladi"
So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh, alomatlarsiz kasallik tashuvchilar virus tarqalishida ilgari o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq rol o‘ynashi mumkin. Bu haqda Deutsche Welle nashriga asoslanib, Tengrinews xabar bermoqda.

Amerikalik mutaxassislar, Xitoyda COVID-19’ning simptomsiz tashuvchisi bo‘lgan ayol o‘z uyining liftida bir necha daqiqa ichida 71 kishiga kasallik yuqtirgani haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayol mart oyida AQSHdan Xitoyga qaytib boradi va koronavirusga test topshiradi. Test javobi manfiy chiqadi. Shunga qaramay, u karantinga rioya qilishga qaror qiladi. Lekin ayolning aytishicha u ikki hafta davomida faqatgina bir marta liftdan foydalangan.

Bundan tashqari, yaqinda yapon olimlari 3000 dan oshiq kasallanish zanjirlarini tekshirib ko‘rdi. Mutaxassislar, infeksiya tarqalishining dastlabki manbalari bo‘lgan 22 kishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Ularning har ikkitasidan biri 20 dan 39 yoshgacha bo‘lgan. Bu olimlarni hayratda qoldirgan, chunki Yaponiyada ma’lum bir davrda kasallanish holatlarining aksari 50-70 yoshdagi bemorlarda aniqlangan.

Kioto universitetining virusologiya kafedrasi dotsenti Yuki Furusening ta’kidlashicha, yoshlar ko‘pincha kasallikning yengil turiga chalinadi va ular boshqalarga yuqishi mumkinligini anglamaydi.

Yaponiyadagi Toxoku universiteti virusologiya professori Xitoshi Oshitani ham yosh avlod a’zolari o‘zlarini kamroq xavfli deb biladi, shuning uchun ular ko‘proq harakatchan va infeksiya manbasi bilan aloqada bo‘lish ehtimoli ko‘proq.

O‘z navbatida, Gonkong va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, virusni tashuvchilar orasida yashirin tashuvchilarning ulushi 50 foizgacha bo‘lishi mumkin.

Biroq olimlar alomatlarsiz tashuvchilarning SARS-CoV-2’ning tarqalishiga qanday darajada hissa qo‘shishi to‘g‘risida hali ham bir qarorga kela olmagan.

Aksariyat mutaxassislarning fikriga ko‘ra, koronavirusning aniq belgilari bo‘lgan bemorning infeksiyani yuqtirish xavfi alomatlarsiz bo‘lgan virus tashuvchisiga qaraganda yuqori.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: "Koronavirus yosh va sog‘lom ko‘rinadigan odamlar tomonidan tarqatiladi"