10:54 / 29.07.2020
2 311

DXX kattta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi

DXX kattta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi
DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Toshkent viloyatining Bekobod tumani Xonobod MFY Shirinbuloq aholi yashash maskanida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida mahalliy fuqaro 1988 y.t. “Sh.A.”10 kg 130 gr. “opiy” va 19 kg 74 gr. “gashish” moddasi bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik moddasini unga tojikistonlik tanishi O‘zbekiston - Tojikiston o‘rtasidagi chegara sim to‘siqlari ostidan o‘tkazib bergan. Muqaddam sudlangan “Sh.A.” ushbu og‘uni Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bo‘ston tumani hududidagi YPX maskanida «Andijon-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Cobalt» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1983 yilda Paxtaobod tumanida tug‘ilgan “S.Yu.”ga tegishli bo‘lgan sellofan paket ichidan 1 kg 446 gr. “gashish” moddasi topildi.

Aniqlanishicha, “S.Yu.” giyohvand moddani Qirg‘iziston Respublikasining Qora-suu shahrida yashovchi “Aziz” ismli shaxsdan olib, aylanma yo‘llar orqali Andijon viloyati hududiga olib o‘tgan va sotish maqsadida Toshkent shahriga ketayotgan bo‘lgan.
1988 yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan “O.Q.” mazkur tumanning Oltinsoy mahallasidan o‘tgan chegara simto‘siqlari ustidan qirg‘izistonlik shaxslar o‘tkazib bergan 978 gr. «gashish» moddasini qabul qilib olib, harakatlanayotgan vaqtida ushlandi.

“Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman bo‘limi raisi 1969 y.t. “Sh.S.” va 1992 y.t. “A.O‘.” mazkur tumanning Manak qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahri Suratosh qishlog‘i bilan chegaradosh hududidagi chegara simto‘siqlari orqali qirg‘izistonlik shaxsdan 971 gr. “gashish” giyohvandlik moddasini qabul qilib olib, chegaraoldi hududda harakatlanayotgan vaqtlarida DXX CHQ harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 10 kg 130 gr. “opiy” va 22 kg 469 gr. “gashish” giyohvand moddalari musodara qilindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX kattta miqdordagi giyohvand moddalarni musodara qildi