13:08 / 29.07.2020
2 779

Qibrayda dorixonalar nazorati kuchaytirildi

Qibrayda dorixonalar nazorati kuchaytirildi
So‘nggi vaqtlarda respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning amal qilish davrida aholining viruslardan himoyalanish, immunitetni oshirish va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan dori vositalariga bo‘lgan talabi ortgan. Bu esa o‘z navbatida, aholi talabi ortgan preparatlarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqarish va narxlarni keskin oshirish holatlariga olib kelmoqda. Ushbu salbiy holatlarga chek qo‘yish maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumani 4 ta sektor rahbarlari tomonidan hududda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda sektor rahbarlari tomonidan asosiy e’tibor aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samarasini yanada yaxshilash, shifokor qabuliga kirish uchun navbatlarni qisqartirish, kasalliklarni erta aniqlash va patronaj ishlarini o‘z vaqtida maqsadli olib borish, tez tibbiy yordam xizmatini samarali tashkil etishga qaratilgan.

Kuni kecha Qibray tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Akmal Tillayev va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari bir necha dorixonalarda bo‘lib, dori-darmonlar zaxirasining mavjudligini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, dori vositalarining taqchilligini oldini olish va narxlarning asossiz oshirilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

- Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, to‘rtta sektor alohida o‘z hududi bo‘yicha dori-darmonning zaxirasini, o‘zi yaratishi kerak,-deydi Qibray tumani DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Akmal Tillayev. Hozirda hududimizdagi dorixonalarning uch oylik zaxira bilan ta’minlash ishlarini ko‘rib chiqyapmiz. Maqsadimiz hududimizda dori-darmonlar bo‘yicha hech qanday muammo yetishmovchilik bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

- Men tumandagi 54-sonli dorixona rahbariman, - deydi Barno To‘ychiyeva. Ayni paytda fuqarolarni eng zarur dorilarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tuman dorixonalarida 3 oygacha bo‘lgan muddatga yetarli darajada zaxiralar mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q deb bemalol ayta olaman.

Shuningdek, 4-sektor rahbari tuman aholisi uchun tashkil qilingan Sall-markazning faoliyatini ham o‘rgandi.

Aytish kerakki, kunu tun – uzluksiz faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur Sall-markazlar aholida COVID-19” kasalligi belgilari paydo bo‘lganda birinchi galda qilinadigan ishlar bo‘yicha barcha savollarga javob bermoqda. Koronavirus infeksiyasining profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi haqidagi ma’lumotlarni ham tuman aholisi shu markazlardan olishlari mumkin.

Tadbir davomida sektor rahbarlari tomonidan uyda davolanayotgan bemorlarning tibbiy ahvoli aniqlashtirilib, ularga bepul dori-darmon vositalari yetkazib berilishi ta’minlandi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibrayda dorixonalar nazorati kuchaytirildi