14:23 / 29.07.2020
3 481

Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi

Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari 55 yoshida moliya vazirining o‘rinbosari Tursunov Yorqin Ergashevich olamdan o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda uning o‘limi sababi ma’lum qilinmagan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, avvalroq Yo.Tursunovda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bo‘lgan.

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi.

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo‘yicha nazoratchi inspektori, budjet inspeksiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

1993-2002 yillarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimiyati moliya bo‘limi mudiri o‘rinbosari – budjet inspeksiyasi boshlig‘i, keyinchalik bo‘lim mudiri bo‘lgan.

2002-2006 yillarda Navoiy viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
2006-2012 va 2016-2018 yillarda Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ijtimoiy va moliyaviy ta’minot xizmati boshlig‘i.

Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga qadar, Yorqin Tursunov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimida ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moliya vaziri o‘rinbosari olamdan o‘tdi