15:30 / 29.07.2020
3 879

Vatandosh olimdan koronavirus bo‘yicha taklif

Vatandosh olimdan koronavirus bo‘yicha taklif
Ma’lumki, hozir O‘zbekistonda koronavirus keng tarqalgan. Menda bir taklif bor:
Tibbiy muolajalar bilan birga ikki narsani qilish bu pandemiyadan qutulishda asosiy rol o‘ynaydi, deb o‘ylayman.

Bular - Alloh taologa tavba va iltijo qilish hamda vahimaga tushmaslik, xotirjam bo‘lishdir.

Birinchi ishni qilish uchun masjidlarni ochib, juma va jamoatlarga ruxsat berish kerak bo‘ladi. Chunki, Alloh taoloning uylari ochib qo‘yilmasdan U Zotga tavbani chinakam qilishning imkoni yo‘q. Masjidlar taqa-taq berkitilib, bozorlar lang ochilgan holda uyda "Alloh, Alloh" deb o‘tirishda tuzuk ma’no yo‘q.

Bunga hozirgi gigiyenik ehtiyotkorliklar (niqob taqib yurish, masofa saqlash, kirishda qo‘lni sterilizatsiyalab kirish) bilan ruxsat berilsa, o‘zaro yuqishlar oldi olinadi. O‘zi ko‘rib turibmiz, shundoq ham bozorlar, magazinlar, hatto tibbiy muassasalarda ham bunga to‘liq rioya qilinmayapti. Hamma yerda tiqilinch yuzaga kelgan. Shunday bo‘lgach, faqat masjidlarni berkitib qo‘yish noto‘g‘ri bo‘ladi. Aminmanki, masjidga kirib-chiqadigan namozxonlar bu ehtiyotkorliklarga boshqalarga qaraganda ko‘proq amal qiladilar.

Ikkinchi ish - vahimaga tushmaslik, xotirjamlikni ta’minlash uchun yo‘llardagi blokpostlar, harbiylar, turli to‘siqlarning butunlay olib tashlanishi lozim bo‘ladi.

Odamlar ularni ko‘rib vahimaga tushishmoqda, yo‘llar tiqilinchligi kelib chiqqanidan xotirjamlik ketib, asabiy bo‘lib qolishmoqda. Vahimaga tushish va asabiy bo‘lish esa, hozirgi tibbiyot tasdiqlaganidek, odamlarning kasallikka qarshi immunitetini pasaytirib yuboradi. Immuniteti pasaygan shaxs esa, har qanday kasallikni boshidan og‘ir o‘tkazadigan, ayniqsa, boshimizda turgan bu vaboga juda chidamsiz bo‘lib qoladi.

Hukumat mutasaddilari bu ikki taklif ustida yaxshilab o‘ylanadilar va to‘g‘ri qaror chiqaradilar, deb umid bildirib qolaman. Zero, xalqini o‘ylagan odam bunga jiddiy qaraydi.

Sayfulloh Nosir

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vatandosh olimdan koronavirus bo‘yicha taklif