17:05 / 29.07.2020
2 854

Yana 200dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi

Yana 200dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi
2020 yil 29 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 374 (+205) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 190 nafari Toshkent shahrida (shundan 94 nafari tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 96 nafari esa O‘rtasaroy karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida), 11 nafari Andijon viloyatida, qolgan 4 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 577 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana 200dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi