20:33 / 29.07.2020
4 230

MIB rasmiy munosabati: Byuroning hozirgi faoliyatiga ushbu fotosuratlarning aloqasi yo‘q!

MIB rasmiy munosabati: Byuroning hozirgi faoliyatiga ushbu fotosuratlarning aloqasi yo‘q!
Joriy yilning 29 iyul kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “KUN FOTOSI: MIB xodimlari qisqartirilganidan so‘ng nima qilmoqda?” degan mazmundagi foto suratli xabar tarqaldi.
Foto-xabarda, ayrim fuqarolarning “MIB” yozuvi tushirilgan yozgi polo-futbolkasida qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotganligi tasviri tushirilgan.

O‘rganishda, ushbu fuqarolarning yollanma ishchi sifatida qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanayotganligi, muqaddam va hozirda ham Majburiy ijro byurosi organlari tizimida ishlamasligi aniqlandi.

Fotosuratda aks etgan xizmat kiyimi Byuro organlari tashkiliy tuzilmasi bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (sho‘’basi) davlat inspektorlari uchun belgilangan.

Biroq, 2019 yil aprel oyidan boshlab ushbu xizmat kiyimlari maxsus buyruq bilan bekor qilingan va foydalanish to‘xtatilgan.
Byuro organlarida muqaddam xizmat qilgan xodimlarda agarda xizmat kiyimi saqlanib qolgan bo‘lsa, undan foydalanmaslik va boshqa shaxslarga bermasligi yuzasidan ogohlantirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB rasmiy munosabati: Byuroning hozirgi faoliyatiga ushbu fotosuratlarning aloqasi yo‘q!