Buxoroda 31 yoshli G.B. (ayol) o‘zining tanishi 21 yoshli K.J. (ayol) «Telegram» orqali yoqtirgan yigitiga shaxsiy fotosuratlarini yuborganligini ko‘rib qoladi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, G.B. ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va boshqalarga ko‘rsatib sharmanda qilishini aytib, 2020 yilning aprel oyidan 20 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida K.J. dan jami 3.700 AQSH dollari, umumiy bahosi 20.000.000 so‘m bo‘lgan tilla taqinchoqlar — 1 dona zanjir, 3 dona uzuk hamda 1 dona zirakni qo‘lga kiritadi.
Shu bilan ham G.B.ning «nafsi to‘ymaydi». Joriy yilning 20 iyul kuni u o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, K.J.dan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga yana 1.000 AQSH dollari talab qilib, ushbu pullardan 200 AQSH dollarini G‘ijduvon tumani Abadi qishlog‘ida olayotgan vaqtida G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi