10:58 / 30.07.2020
2 329

Toshkentda «Zil-131» Isuzu avtobusini ag‘darib yubordi

Toshkentda «Zil-131» Isuzu avtobusini ag‘darib yubordi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Olmazor tumanida 28 iyul kuni Isuzu avtobusi va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 iyul kuni soat 11.00 da Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 18-avtosaroyga tegishli Isuzu avtobusi haydovchisi 30 yoshli Rahimjon Sh. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat (manyovr) sodir etgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Yaqin atrofda harakatlanib borgan «Zil-131» rusumli yuk avtomobili haydovchisi 28 yoshli Murodjon B. favqulodda to‘xtash uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramasdan, yuk mashinasi avtobusning yon tomoniga to‘qnashgan va avtobus ag‘darilib ketgan. YTH sababli hech kim jabrlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda «Zil-131» Isuzu avtobusini ag‘darib yubordi