15:00 / 30.07.2020
3 680

Bolalar onasi bag‘riga qaytdi

Bolalar onasi bag‘riga qaytdi
. Bolalar ota-onasi bilan baxtiyor. Ammo ming afsuski, hayot ba’zan farzandlar istagi asosida qurilmagan bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq jabr chekadigan, ruhan eziladigan o‘rtadagi bolalar bo‘lishi mumkin. Er-xotin munosabatlarining nomutanosibligi yoki qaynona kelinning o‘zaro kelishmovchiligi bois ajrashib ketgan oilalarda voyaga yetayotgan bolalar otasini tanlasa ona mehridan, onasini desa ota mehridan mosuvo bo‘lib yashaydi. Biroq har qanday holatda ham qonun aytgan so‘z haq so‘zdir.

Gulmira Sirojiddinga turmushga chiqqanda dunyoda undan baxtli ayol yo‘qdek edi. Birin- ketin uch farzandlik bo‘lishdi. Turmushlari o‘xshamadi. Sabablar bisyor, oqibat esa ajrim bilan tugadi. Mana, sud chiqargan qaror bo‘yicha bugun Azizbek, Bilolbek va Sevinchxonlar Gulmiraning bag‘riga qaytishi kerak.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 2020 yil 19 maydagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.O. dan undiruvchi G.T. foydasiga 2008, 2011 va 2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan 3 nafar farzandini onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 8 iyul kuni davlat ijrochilari tomonidan olib berildi. Bolalarni otasidan onasiga majburiy tartibda olib berish oson kechmaganligini tasavvur qiyin emas, albatta.

Byuro o‘z vakolatlari doirasida vazifasini amalga oshirdi, ammo farzandlari yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetishga ming karra haqli ekanligini vaqtida anglab yetish pushaymonliklar oldini olishini unutmaylik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bolalar onasi bag‘riga qaytdi