15:27 / 31.07.2020
3 382

Koronavirusdan tuzalganda hosil bo‘ladigan immunitet necha yilgacha yetishi mumkin?

Koronavirusdan tuzalganda hosil bo‘ladigan immunitet necha yilgacha yetishi mumkin?
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirus bo‘yicha savollarga javob berdi.

- Immunitet qancha saqlanishi mumkin va qayta kasallanish mumkinmi?
- Koronovirusga qarshi immunitet ishlab chiqiladi, bu aniq.
AQSH davlatining epidemiolog mutaxassisi, professori fikricha, kasallanib tuzalganlarda immunitet hosil bo‘lishi 5 yilgacha yetishi mumkin ekan.

- Virus mutatsiyaga uchrashi kutilmoqdami va yangi pandemiyaga olib kelishi mumkinmi?
- Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlar biolog olimlari, kasallikni ikkinchi to‘lqinini joriy yilning noyabrlarida kuzatilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Qaysidir manbada virusning mutatsiyasi kasallikni yengil kechuvini keltirib chiqaradi deb hisoblasa, qaysidir olimlar mutatsiya virusni kasallik chaqiruvchi qobiliyatini yanada kuchaytiradi va og‘irroq kechishi mumkin degan taxminiy g‘oyalarni ilgari surmoqdalar.

Shaxsiy kuzatuvlar asosida aytish mumkinki, mazkur virus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi, shunday muhitda u juda tez ko‘payadi va tarqaladi hamda uning kasallik chaqirish xususiyati kuchayadi.

Issiq iqlim tarqaluvchanlikni kamaytiradi. Tarqaluvchanlik kamaygani sari virus yuklamasi kamayadi va kasallik yengil kechishi kuzatiladi.

- Nega har-xil mamlakatlarda turli karantin sharoitlari joriy qilingan?
- Har bir mamlakat - alohida millat, alohida xalq. Har bir xalqning o‘zining imkoniyatlari va resurslari mavjud.
Biroq, shunga qaramay har bir mamlakat JSST tarkibiga kiradi va tashkilot tavsiyalari doirasida karantin choralarini o‘z sharoitiga moslaydi.

Bunday sharoitda Davlatning bosh tamoyili millat xavfsizligini ta’minlash, ushbu davrni mamlakat va aholiga imkon qadar kamroq zarar yetkazgan holda yengib o‘tish uchun barcha sohalarda imkoniyatlar yaratish bo‘lmog‘i lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan tuzalganda hosil bo‘ladigan immunitet necha yilgacha yetishi mumkin?