19:55 / 31.07.2020
2 105

Buxoro tumani 4-sektor hududidagi 220 ta ehtiyojmand oilalarga hayitlik in’omi ulashildi

Buxoro tumani 4-sektor hududidagi 220 ta ehtiyojmand oilalarga hayitlik in’omi ulashildi
Mamlakatimiz Prezidenti raisligida shu yil 27 iyul sanasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida Respublika hukumati va viloyatlar mutasaddilari zimmasiga aniq vazifalar qo‘yildi.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 iyul kuni qabul qilingan farmoyishi asosida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Buxoro viloyat uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur mablag‘ shahar va umanlarimizdagi mavjud 13 ta hudud va sektorlar bo‘yicha kambag‘al aholi sonidan kelib chiqib taqsimlandi.

Buxoro tumani 4-sektor hududidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor shaxslar hamda kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kritilgan 220 ta oilaning 759 ta fuqarosiga Perezident sovg‘asi sifatida kishi boshiga 200 ming so‘mdan jami 151 million 800 ming so‘m pul mablag‘lari egalariga topshirildi.

Tuman 4-sektor rahbari hududdagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nosir Sodiqov xonadonida bo‘lib muxtaram Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligidagi mehr-saxovatdan ushbu oila uchun ajratilgan 800 ming so‘m pul mablag‘ini hamda homiylar ko‘magida ajratilgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.

Aytish joizki, ushbu xonadon egasi hamda uning ayoli 1-guruh nogironi. Xonadonda 4 kishi istiqomat qilib keladi. Ushbu mahallaning 12-xonadonida istiqomat qiluvchi Hayitoy Latipova hayotning qiyinchiliklarini boshdan kechirib kelmoqda. Ikki xo‘jalik bir uyda istiqomat qiladi boz ustiga uning bir nafar o‘g‘li 1-guruh nogironi.

Shu sababli sektor rahbari ushbu xonadonga ham oziq-ovqat mahsulotlari hamda oiladagi 5 nafar kishiga 200 ming so‘mdan hayitlik in’omlarini topshirdi. Qurbon hayiti munosabati bilan xayru saxovat, mehr-oqibat, insonparvarlikni mujassam etgan bu kabi xayrli tadbirlar Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

Buxoro viloyati DSB
matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro tumani 4-sektor hududidagi 220 ta ehtiyojmand oilalarga hayitlik in’omi ulashildi