20:20 / 31.07.2020
2 425

Niqob taqib bo‘lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak?

Niqob taqib bo‘lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak?
Foto: Skrinshot
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Sevara Ubaydullayeva yosh bolalarga niqob taqish imkoniyati bo‘lmasa, ularni qanday himoyalash borasida tavsiyalar berib o‘tdi.

Jumladan, mutaxassis yosh bolalarga niqob taqish juda ham qiyinligi, chaqaloqlarga moslashtirilgan niqoblar mavjud emasligi, oilada koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan, kasallik tasdiqlangan shaxs yashasa, maksimal ravishda onani ham bolani ham bemordan ajratish, ya’ni alohidalash zarurligini aytdi.

Shuningdek:
- xonadon a’zolari, jumladan, ona ham bolaga niqobsiz yaqinlashmasligi lozim;
- ona bolani ko‘krak suti bilan boqayotgan bo‘lsa, qo‘llarini 20 soniyadan ko‘p sovun bilan ishqalab yuvishi;
- bolani emizib bo‘lgandan keyin ham qo‘llarini yuvishi;
- imkon qadar ko‘proq suyuqlik ichishi;
- vitamin, mikro va makroelementlarga boy sog‘lom ovqatlarni iste’mol qilish bolaning ham ko‘krak suti orqali immuniteti mustahkamlanishiga olib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, professor Habibullo Oqilov emizikli onalar koronavirusga chalingan bo‘lsa, farzandini qanday emizishi borasida aniqlik kiritib o‘tgan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalingan homilador ayollar uchun qanday sharoitlar yaratilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Niqob taqib bo‘lmaydigan kichik yoshli bolalarni koronavirusdan qanday himoyalash kerak?