20:43 / 31.07.2020
2 291

O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi

O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi
Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
O‘zbekistonlik 144 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaning Amur viloyatiga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda 31 iyul kuni 144 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys bilan uchib ketdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur fuqarolar 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Agentlikning xabar berishicha, iyun oyida 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi yirik qurilish ob’ektlarida ishlash uchun Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada ishlash vaqtida mehnat ta’tiliga chiqib, O‘zbekistonga qaytgan va koronavirus sababli ish joyiga qayta olmayotgan o‘zbekistonliklarning ikki guruhi ish joyiga qaytarilgandi. O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning murakkablashgani sababli Janubiy Koreyaga mehnat migrantlarini jo‘natish bo‘yicha iyul oyiga rejalashtirilgan ishlar kechiktirilgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi