22:21 / 31.07.2020
3 774

Yurak xuruji xavfining kutilmagan alomatlari

Yurak xuruji xavfining kutilmagan alomatlari
Foto: «Depositphotos»
Britaniyalik shifokorlar qo‘l uvushishi va sanchilishi yurak kasalliklari alomati ekanligini ta’kidlashmoqda, deya xabar berdi «Express» nashri. Maqolada yozilishicha, qon aylanishi buzilishi oyoq-qo‘llarda sanchiqni keltirib chiqaradi. Bunga aterosklerozni chaqiruvchi xolesterin darajasi ortishi sabab bo‘ladi.

Kasalliklarda qon tomir devorlarida xolesterinli tiqinlar to‘planib, qon aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Xastalikning kechki bosqichlarida yurak xuruji va boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Profilaktika uchun shifokorlar O‘rta yer dengizi parheziga amal qilishni maslahat berishadi. Unga ko‘ra go‘sht iste’molini kamaytirish, sarxil meva-sabzavotlarni esa ko‘proq yeyish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yurak xuruji xavfining kutilmagan alomatlari