00:22 / 02.08.2020
2 411

O‘zbekistonda yana 774 kishi virus yuqtirdi, 835 kishi sog‘aydi

O‘zbekistonda yana 774 kishi virus yuqtirdi, 835 kishi sog‘aydi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 avgust kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 774ta yangi holat aniqlangani haqida xabar berdi. Bu – hozirgacha kuzatilgan eng yuqori kunlik o‘sish.
Shu bilan birga, kun davomida COVID-19`dan tuzalganlar soni bo‘yicha ham rekord yangilandi – 835 bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Vazirlik yana 5ta o‘lim holati haqida xabar berdi, ularning barchasi – Toshkent shahrida ro‘y bergan.
Endilikda SSV statistikasiga asosan, jami holatlar soni 24 783, tuzalganlar 15 299 nafar, vafot etganlar kamida 147 kishini tashkil etmoqda.

Yangi holatlar (+774)
774ta yangi holatning barchasi «koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida» aniqlangan. 14ta hududiy birlikning 10tasida yangi zararlanish holatlari qayd etildi.
Toshkent shahri – 484
Toshkent viloyati – 190
Andijon viloyati – 22
Buxoro viloyati – 21
Qashqadaryo viloyati – 18
Sirdaryo viloyati – 16
Farg‘ona viloyati – 13
Navoiy viloyati – 4
Surxondaryo viloyati – 4
Qoraqalpog‘iston – 2

Tuzalganlar (+835)
O‘zbekistonda ketma-ket oltinchi kun sog‘ayish bo‘yicha rekord yangilanmoqda. 1 avgustda 11ta hududda jami 835 kishining tuzalgani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahri – 396
Toshkent viloyati – 184
Buxoro viloyatida – 98
Surxondaryo viloyati – 36
Andijon viloyati – 32
Samarqand viloyati – 30
Qashqadaryo viloyati – 17
Namangan viloyati – 15
Sirdaryo viloyatida – 14
Navoiy viloyati – 5
Jizzax viloyati – 4
Farg‘ona viloyati – 4

Davolanayotganlar va og‘ir ahvoldagi bemorlar
Rasmiy statistikaga ko‘ra, kasallik qayd etilgan jami 24 783 bemordan 15 299 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 337 kishi davolanmoqda.
Ulardan 592 nafarining ahvoli og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana 774 kishi virus yuqtirdi, 835 kishi sog‘aydi