11:23 / 02.08.2020
1 432

Ishsiz shaxslarga nafaqa tayinlash shartlari qanday?

Ishsiz shaxslarga nafaqa tayinlash shartlari qanday?
AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.

- Men hech qayerda ishlamayman. Moddiy ahvolim og‘ir. Eshitishim bo‘yicha qonunchilikda ishsiz shaxslarga nafaqa to‘lanar ekan shu to‘g‘rimi?
- O‘zbekiston Respubikasi Mehnat kodeksiga ko‘ra ishsizlik nafaqasi ishsiz deb e’tirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Qaramog‘ida 3 tagacha kishi bo‘lgan, 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkakka ishsizlik nafaqasi u haq to‘lanadigan jamoat ishlarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi.

Ishsiz shaxsning nafaqa olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n birinchi kundan e’tiboran kuchga kiradi.

- Assalom alaykum. Qanday hollarda YPX xodimi tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin? Shu haqida to‘liq ma’lumot bersangiz.
- Agar qonunchilikda sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qo‘llash belgilangan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qo‘yilishi mumkin. Boshqa hollarda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga tegishli yozuv kiritiladi va talon haydovchiga qaytarib beriladi.

Masalan: xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish mumkin emas.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun esa haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi chunki, ushbu huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

Fuqarolarga eslatib o‘tish kerakki transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qo‘llaniladi

- Dori vositalarini hech qanday qo‘llanmasiz, dorixonalar yoki ularning filiallaridan tashqarida, ya’ni ko‘cha-kuyda sotayotgan shaxslarga ko‘p duch kelayapman. Qonunchilikda ushbu holatlar bo‘yicha qanday javobgarlik choralari mavjud?
- O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksnin 1651-moddasiga ko‘ra dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish huquqbuzarlik hisoblanadi. Ushbu qilmish huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan
100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu qilmish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksining 1863-moddasiga ko‘ra:
- BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)