14:23 / 02.08.2020
2 850

Kardiolog koronavirusdan keyin tiklanishda zarur bo‘ladigan vitaminlarni aytdi

Kardiolog koronavirusdan keyin tiklanishda zarur bo‘ladigan vitaminlarni aytdi
Koronavirusdan sog‘ayganlarga sog‘liqlarini tiklashda D vitamini va V guruhi vitaminlari qabul qilish lozim.
Rossiyalik kardiolog Tatyana Ribka koronavirusga chalinib, unday sog‘ayib ketganlar bilan o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, shamollash yoki koronavirusga shubha paydo bo‘lganda o‘zining va yaqinlarining sog‘lig‘ini asrash uchun o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish lozim. U, shuningdek, shifokor tavsiyalariga amal qilish zarurligini eslatib o‘tgan.

Hozirda davolash sxemalari ishlab chiqilgan, ko‘p holatlarda uyda o‘zini yakkalashga rioya qilgan holda davolanish yetarlidir. Biz, shifokorlar, yuzlab holatlar misolida shuni ko‘rdikki, agar bemor koronavirusdan to‘g‘ri davolansa, uning ba’zi asoratlari xavfi minimal bo‘ladi”, deb tushuntirgan mutaxassis.

Shifokorning tavsiya qilishicha, agar koronavirusdan sog‘ayib ketgach ham darmonsizlik saqlanib qolsa, D vitamini va V guruhi vitaminlari qabul qilish lozim. Bundan tashqari, mehnat va hordiq rejimiga amal qilish, ko‘proq sayr qilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kardiolog koronavirusdan keyin tiklanishda zarur bo‘ladigan vitaminlarni aytdi