10:45 / 03.08.2020
2 695

+275. To‘qqiz hududda yangi bemorlar aniqlandi

+275. To‘qqiz hududda yangi bemorlar aniqlandi
2020 yil 3 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 828 (+275) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 122 nafari Toshkent viloyati, 56 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida, 16 nafari Qashqadaryo viloyatida, 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 9 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 166 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 564 nafari og‘ir, 215 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » +275. To‘qqiz hududda yangi bemorlar aniqlandi