15:30 / 03.08.2020
4 191

Koronavirusning o‘pkaga ta’sirini kamaytirish yo‘llari ma’lum qilindi

Koronavirusning o‘pkaga ta’sirini kamaytirish yo‘llari ma’lum qilindi
Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingdan ayrim muhim savol-javoblarni quyida keltiramiz.

- COVID-19 o‘pka hajmiga ta’sir ko‘rsatadimi?
- Ha ta’sir qiladi. Ya’ni, agar bemorda MSKT (multispisal kompyuter tomografiya)sida o‘pkada ma’lum foizda jarohatlanish kuzatilsa, bu me’yoriy hajmda o‘pkaning shuncha sohasi faoliyati orqada qolayotganini bildiradi. Bu esa, o‘pkaning shuncha qismi nafas faoliyatida faol ishtirok etmasligini bildiradi.

Inson organizmi qayta tiklanishga moyil. Doimiy yengil jismoniy faollik bilan shug‘ullanish va nafas mashqlarini bajarish bilan o‘pkani jarohatlanishidan asrashga yoki jarohatlangan sohalarni tiklashga, o‘zingizga o‘zingiz yordam berishingiz mumkin.

- Koronovirus kasalligi kimlarga yuqmasligi haqida ma’lumotlar mavjudmi?
- JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Bugungi kundagi holatga to‘xtaladigan bo‘lsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.

Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronovirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa yengil kechiradi.

- Havoning zararlanishi pnevmoniya bilan kasallangan bemorlar sog‘ayishiga qanchalik halaqit qiladi?
- Bemor alohida yotgan xona havosini tez-tez shamollatib turish zarur, kun davomida 5-6 marta;
- har kuni xonani namli tozalash maqsadga muvofiq;
- bemorga tinchlik, xotirjamlik, toza havoli sharoitni yaratib berish lozim;
- ovqatlanish ratsioni to‘laqonli bo‘lishi kerak.

Bular o‘z navbatida kasallikdan tezroq tuzalishga imkon beradi.

- Ingalyatsiya yordam beradimi?
- Ingalyatsiya turli yo‘tal shakllarida balg‘amni yumshatish va drenajlashlashda yoki bronxospazmlarda spazmni yo‘qotishda turli dori-darmonlarni qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanishda balg‘amsiz, quruq yo‘tal kuzatiladi.

Bunday holatda ingalyatsiya qilish yallig‘lanishga yoki yo‘tal kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shunday ekan, kasallik bosqichini hisobga olgan holda, ingalyatsiyani qo‘llash qat’iy shifokor tavsiyasi va nazorati ostida tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning o‘pkaga ta’sirini kamaytirish yo‘llari ma’lum qilindi