16:43 / 03.08.2020
2 167

Koronavirus kasalligida ingalyatsiyalar qanchalik samarali ekanligiga izoh berildi

Koronavirus kasalligida ingalyatsiyalar qanchalik samarali ekanligiga izoh berildi
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga chalingan bemorlarning ingalyatsiya qilishi qanchalik to‘g‘ri ekanligi borasidagi savolga aniqlik kiritildi.

Skrinshot: UzReport
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ingalyatsiya turli yo‘tal shakllarida balg‘amni yumshatish va drenajlashlashda yoki bronxospazmlarda spazmni yo‘qotishda turli dori-darmonlarni qo‘llash bilan tavsiya etiladi. Koronavirus bilan kasallanishda balg‘amsiz, quruq yo‘tal kuzatiladi. Bunday holatda ingalyatsiya qilish yallig‘lanishga yoki yo‘tal kuchayishiga olib kelishi mumkin.

«Agar uyingizdagi bemorga ingalyatsiyalarni o‘z hududingizdagi poliklinikada faoliyat yurituvchi umumiy amaliyot shifokori xizmatining tavsiyasisiz o‘tkazsangiz, uning ahvolini og‘irlashtirib qo‘yishingiz mumkin. Yaxshisi, shifokor bilan maslahatlashish, agar maqsadga muvofiq bo‘lsa ingalyatsiya qilish mumkin. Agar bronxospazm yo‘q bo‘lsa, quruq yo‘talda ingalyatsiyalar kamdan kam hollarda yordam beradi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sevara Ubaydullayeva COVID-19 bilan kasallanganlar bemorlar shifokorlar bilan maslahatlashmasdan osma ukol olayotgani ularning ahvolini yanada og‘irlashishiga sababchi bo‘layotganini ma’lum qilgan, shuningdek, koronavirus yengil kechayotgan bemorlarga ko‘p dori tayinlash o‘rinsiz ekani ta’kidlangandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus kasalligida ingalyatsiyalar qanchalik samarali ekanligiga izoh berildi