20:40 / 03.08.2020
2 716

Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi

Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi
Foto: Sputnik / Migel Kandela
Odamlarni grippdan himoyalash uchun har yil unga qarshi emlash o‘tkaziladi. Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga qarshi kurashda bunday ehtiyoj yo‘q va bundan ijobiy tomonlarni izlash lozim.

Jorj Meyson universiteti Tizimli biologiya maktabi (AQSH) professori Ancha Baranova insoniyatda qanday holatda koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.

Olimaning ta’kidlashicha, SARS-CoV-2 virusi unga chalingan ko‘plab odamlarda o‘rtacha immunitet hosil qiladi. Bu immunitet 3 oydan keyin to‘liq yo‘qoladi. Aynan shu sababli koronavirusga qarshi antitanalarga asoslangan ommaviy immunitetni hosil qilish qiyin hisoblanadi.

Mamlakatning butun aholisini karantinga o‘tqizib, 3 oy ichida koronavirusga chalinib o‘tishini tashkillashtirishning iloji yo‘q. Aynan shunday vaziyatda virus yo‘qoladi, chunki u tarqalishi mumkin bo‘lgan odam qolmaydi. Insoniyatni koronavirusga qarshi ommaviy immunitet hosil qilishiga juda bo‘lmasa bir yilga himoyalay oladigan vaksina yaqinlashtirishi mumkin”, deb ta’kidlab o‘tgan Baranova.

Mutaxassisning fikricha, koronavirusga qarshi har yil yangi vaksina ishlab chiqishga hojat bo‘lmaydi, chunki SARS-CoV-2 gripp virusi kabi tez mutatsiya qilmaydi.

Gripp virusida tez o‘zgarishga ulkan qobiliyat bor, uning genomi bu uchun ataylab qismlarga bo‘lingan. U juda tez mutatsiya qiladi. Gripp ko‘plab sonda xo‘jayinlar – cho‘chqalar, tovuqlar, qushlarda replikatsiya [o‘z-o‘zidan ko‘payish] qila oladi. Shu sababli har yil pandemiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan grippning yangi epidemiyasi keladi”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Gripp virusining muttasil yangi shtammlari paydo bo‘lishi sababli unga qarshi har yil emlash talab etiladi. Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda bunday emas - SARS-CoV-2 maqbul tezlik bilan mutatsiya qiladi. Mutaxassisning fikricha, koronavirusga qarshi qayta emlash har gal yangi vaksina bilan emas, balki avval ishlatilgan vaksinaning o‘zi bilan o‘tkazilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis koronavirusga ommaviy immunitet paydo bo‘lishi shartini ma’lum qildi