23:53 / 03.08.2020
3 731

Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi

Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov karantin cheklovlari qanday shart-sharoitda bekor qilinishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.
«Xabaringiz bor, navbatdagi karantin davri 15 avgustgacha uzaytirilgan. Biz ma’lum darajadagi plato chizig‘iga, barqarorlikka erishishimiz, kelgusida kasallanishlar holatini kamaytirishimiz va karantin cheklovlarini bekor qilishimiz uchun hozirgi vaqtda o‘rnatilgan cheklovlarga amal qilishda davom etishimiz kerak», – dedi u «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida.

Aziz Abduhakimov fuqarolar tibbiyot niqoblarini pastga tushirib olmay to‘g‘ri taqishlari, antiseptiklardan foydalanishlari va ijtimoiy masofa saqlashlari muhimligini ta’kidladi.

«Mana shu 15 kun ichida barcha talablarga qat’iy rioya eta olsak, u holda mazkur muddat tugagach, mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hozirgi cheklovlarni olib tashlashimiz mumkin bo‘ladi», – dedi hukumat vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir o‘rinbosari karantin qanday sharoitda bekor qilinishi mumkinligini aytdi