16:30 / 05.08.2020
7 864

Oila – inson uchun eng muqaddas dargoh

Oila – inson uchun eng muqaddas dargoh
Har bir davrda oilaning asosiy vazifasi, farzandlarning dunyoga kelishi va ularning tarbiyasi, o‘zligini anglab yetishi va shakllanishi uchun zamin yaratish bo‘lib hisoblangan.

Ming afsuski, bugungi kunda jamiyatimizda mazkur ulug‘ qadriyatlarni to‘liq anglab yetmasdan ajrashib farzandlarini tirik yetim qilib qo‘yayotgan ota-onalar ham yo‘q emas. Albata bu kabi xolatlarning ko‘payishi ko‘ngilni xira qiladi.
Majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirish, shu bilan birga, ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashishmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilib, muborak qurbon xayit kunlarida 2 ta oilalarning o‘zaro yarashishiga ko‘maklashishdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘mqo‘rg‘on tumanlararo sudining 17.09.2018 yildagi buyrug‘iga asosan M.Rashidova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan uning turmush o‘rtog‘i A.Allomuratov bilan o‘tkazilgan suhbatlar, tushuntirish ishlari natijasida ular o‘rtasidagi kelishmovchilikka chek qo‘yildi va ushbu oila yarashtirildi.

Xuddi shuningdek, ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment pullarini olib kelgan Ch.Xazratqulova va uning turmush o‘rtog‘i R.Rashidov bilan o‘tkazilgan tushuntirish targ‘ibot ishlaridan o‘zlariga tegishli xulosa chiqarib, farzandlarining barkamol oilada ota-onasi bag‘rida ulg‘ayishini istab yarashishga qaror qildi.

Er-xotin munosabatlarining tiklanganligi, oilalar yarashganligi munosabati bilan qarz undiruvchilarning arizasiga asosan, aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bekor qilindi.

Ayni kunlarda yurtimizda kuchaytirilgan karantin tadbirlari sharoitida bu kabi oilalarning yarashishi, farzandlarning ota-onasi bag‘rida bo‘lishi barchamizni birdek quvontiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oila – inson uchun eng muqaddas dargoh