17:30 / 05.08.2020
2 268

Toshkent viloyati 4-sektor rahbari tomonidan 2 954 ta oilalarga 2 mlrd. so‘mdan ortiq pullar tarqatildi

Toshkent viloyati 4-sektor rahbari tomonidan 2 954 ta oilalarga 2 mlrd. so‘mdan ortiq pullar tarqatildi
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Respublika miqiyosida jami 150 mlrd. so‘m ajratilganligi va shundan 10 mlrd. so‘m Toshkent viloyati uchun berilishi viloyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga qaratilgan e’tibor va imkoniyat bo‘ldi. Ikki kun davomida sektor rahbarlari maxsus shakllantirilgan ro‘yxat asosida ushbu mablag‘larning munosib egalariga tarqatilishida o‘z hissasini qo‘shishdi.

Shu kunning o‘zida viloyatning davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektori rahbari Ravshan Raimov tomonidan ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olindi hamda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan viloyat soliq sektori uchun ajratilgan 2 mlrd. 199 ming so‘m miqdoridagi yordam pullari ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Birgina Bo‘stonliq tumanida 111 nafar ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 88 mln. so‘m pul mablag‘lari sektor rahbari tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Sektor rahbarlari tomonidan tumanning Ma’rifat MFYda istiqomat qiluvchi ta’minot manbai bo‘lmagan yolg‘iz nogiron va og‘ir kasallari bor keksa fuqarolarning 5 nafariga 500 ming so‘mdan yordam pullari yetkazib berildi.

Bo‘stonliq tumani Ma’rifat MFYda istiqomat qiluvchi Ulfat Abduvaitov 2-guruh nogironi turmush sharoiti og‘ir, yolg‘iz yashaydi. U ham ko‘mak va e’tibordan chetda qolmadi, shuningdek, 4-sektor ishchi guruhi vakillari tomonidan pandemiya davrida muntazam oziq-ovqat mahsulotlari va dori–darmonlar yetkazib berildi.

Ana shunday sahovatli ishlar Qibray tumanida ham davom ettirildi. "Temir daftar"ga kiritilgan pandemiya sababli daromadidan ayrilgan ehtiyojmand oilalarning 137 nafar a’zosi uchun ajratilgan jami 148 mln. so‘m pul mablag‘lari sektor rahbarlari ishtirokida manzilli ravishda o‘z egalariga yetkazildi.

- Qibray tumani Olmazor mahalla fuqarolar yig‘ini raisiman-deydi, Barno Razzaqova. Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan hududimizdagi ehtiyojmand 9 nafar oilalarning 7 nafariga 1 mln. so‘m va 3 nafariga 500 ming so‘mdan yordam pullari hadya qilindi. Bu kabi xayrli ishlar mahalla aholisining moddiy ta’minotini oshishi va turmush darajasini yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

Qibray tumanining Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Rixsiboy Shermatovning oilasi ham aholiga ko‘rsatilayotgan ko‘makdan chetda qolmadi. Farzandi 2-guruh nogironi bo‘lgan bu oilaning muayyan ish joyiga ega a’zosi yo‘q. Jamg‘arma hisobidan topshirilgan pul mablag‘i va qizi Zulxumor Shermatovaning4 - sektor rahbari tomonidan jamoatchilik asosida ish joyiga ega bo‘lganligi oilaning moddiy ta’minotida katta yordam bo‘ldi.

Bir so‘z bilan aytganda, hukumatimiz va davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxurliklardan aholining ko‘ngli ko‘tarilmoqda.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyati 4-sektor rahbari tomonidan 2 954 ta oilalarga 2 mlrd. so‘mdan ortiq pullar tarqatildi