22:43 / 05.08.2020
2 956

Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta variant mavjud (video)

Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta variant mavjud (video)
Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib, yangi o‘quv yilini qay shaklda boshlash haqida 3ta ssenariy ishlab chiqqan. Lekin o‘quv yilining qay tartibda boshlanishi haqidagi yakuniy xulosa respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.
Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova yangi o‘quv yilini boshlash uchun ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda vazirlik Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda o‘quv yilini qay tarzda boshlash ustida ish olib bormoqda. Va vazirlik vakolatidan kelib chiqib, 3ta ssenariy ishlab chiqqan.

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilar uchun eng maqbul variant bo‘lib turibdi. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda;

2-ssenariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin;

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

«Oxirgi ssenariyda farzandi sog‘ligidan xavotir olgan ota-onalarning bolalariga uydan turib darslarda qatnashishga ruxsat beriladi. Ya’ni bolaning maktabdagi davomati erkin bo‘ladi», dedi Laylo Rustamova 5 avgust kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘quv yilining qay tartibda boshlanishi haqidagi yakuniy xulosa respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Shuningdek, brifingda o‘quv yili qaysi shaklda boshlanishidan qat’i nazar, televizion darslar tajribasi saqlab qolinishi, 10 avgustdan televezion darslarni suratga olish ishlari boshlanishi haqida ham ma’lumot berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablarda o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta variant mavjud (video)