10:48 / 06.08.2020
2 123

Toshkentda eski Isuzu’larni gazda harakatlanadigan Xitoy avtobuslariga almashtirish boshlandi

Toshkentda eski Isuzu’larni gazda harakatlanadigan Xitoy avtobuslariga almashtirish boshlandi
Ayni kunda "Toshshahartransxizmat" AJ tizimida 10ga yaqin xususiy korxonalar yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadi. Ular tomonidan yo‘nalishlarga qo‘yilgan avtobuslarning asosiy qismi xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan transport vositalar, deb yozmoqda “Toshshahartransxizmat”.

Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan ana shu jihatlar inobatga olinib, xususiy korxonalar oldiga o‘z harakat tarkibini yangilash vazifasi qo‘yildi.

Qayd etilishicha, "Avtosantrans-servis" MCHJ 9ta yangi avtobus xarid qildi. Xitoyning Yutong hongkong limited kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur avtobuslar gaz yoqilg‘isida harakatlanadi. Bu atrof-muhitga yetadigan zararning kamayishiga olib kelish bilan birga muqobil yoqilg‘i turlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Qolaversa, gazning suyuq yoqilg‘iga nisbatan bir necha barobar arzonligi korxonaning iqtisodiy samaradorligiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Umumiy 52 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar o‘rta sig‘imli bo‘lib, 30 ta o‘rindiqqa ega.
Ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bermoqda.

Ushbu avtobuslar poytaxt yo‘llarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski Isuzu rusumidagi avtobuslar o‘rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, "Avtosantrans-servis" MCHJ "Toshshahartransxizmat" AJ tizimidagi xususiy korxonalardan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda eski Isuzu’larni gazda harakatlanadigan Xitoy avtobuslariga almashtirish boshlandi