11:13 / 06.08.2020
1 209

O‘zida koronavirus alomatlarini sezgan bemor qayerga murojaat qilishi kerak?

O‘zida koronavirus alomatlarini sezgan bemor qayerga murojaat qilishi kerak?
Poytaxtimizda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan 4 ta saralash va taqsimlash markazlari tashkil qilingan.

Ular:
- 814 o‘rinli «O‘zekspomarkaz» 1-2 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-uy);
- 1 000 o‘rinli «O‘zekspomarkaz» 3-4 paviloni (Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107-uy);
- 750 o‘rinli «Universal» sport majmuasi (Yunusobod tumani, Korxojiota ko‘chasi, 2A-uy);
- 520 o‘rinli «Yoshlik» sport majmuasi (Shayxontohur tumani, Paxtakor ko‘chasi, mo‘ljal: «Paxtakor» metro bekati).

Bu yerda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga sifatli yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
O‘zida «COVID-19» alomatlarini sezgan yoki bu kasallikka chalingan fuqarolar ushbu maskanlarga uch yo‘l bilan, ya’ni:
- tez tibbiy yordam mashinasida;
- oilaviy poliklinika qoshidagi mobil brigada yordamida;
- o‘zlari borishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu markazlarga murojaat qilgan har bir bemorga shifokorlarimiz tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bordiyu, kasallik yengil, alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, bunday bemorlarga kerakli dori vositalari va tavsiyalar berilib, ular uyda davolashga o‘tkazilmoqda.
Saralash va taqsimlash markazlarida jami 3 084 ta o‘rin tashkil qilingan. Ushbu markazlar o‘z faoliyatini boshlanganidan buyon 3 777 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, shundan 2 688 nafari yotqizilgan, 1 336 nafari esa sog‘ayib, uylariga yuborilgan. Hozirda «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni saralash va taqsimlash markazlarida 1 843 ta bo‘sh o‘rin mavjud.

Ushbu markazlarga joylashish bilan bog‘liq savollaringiz bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)