13:10 / 06.08.2020
2 085

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar sabab ko‘chmas mulklar xatlanishiga sabab bo‘ldi

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar sabab ko‘chmas mulklar xatlanishiga sabab bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga 30.06.2020 yilda “Nurobod” mashina traktor parkidan 120 mln so‘m, “Madad” mashina traktor parkidan 27.1 mln so‘m va “Iqboljon G‘afforov” xususiy korxonasidan 142,1 mln so‘m soliq qarzini davlat foydasiga undirish haqidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha Oltiariq tuman davlat soliq inspeksiyasi ushbu yuridik shaxslar vakillarini bir necha marotaba ogohlantirib, ularning hiosb raqamlariga inkasso topshiriqnomalarini qo‘yishgan bo‘lishiga qaramasdan soliq qarzini undira olishmagan.
Davlat ijrochisi tomonidan dastlab ushbu qarzdorlar uchun soliq qarzini to‘lab berishliklari uchun ixtiyoriy muddat belgilab berildi, biroq qarzdorlarning birortasidan sado ham chiqmadi, hattoki ijro hujjati ijrosiga bepisand munosabatda bo‘lishdi.

Joriy yilning 15-17 iyul kunlari qarzdorlar “Nurobod” mashina traktor parki, “Madad” mashina traktor parki va “Iqboljon G‘afforov” xususiy korxonasining ishlab chiqarish faoliyatiga dahli bo‘lmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari dalolatnoma asosida xatlandi.

Shundagina qarzdor tashkilotlar vakillari Byuroning tuman bo‘limiga serqatnov bo‘lib qolishdi, davlat ijrochisi tomonidan qonun talabi bo‘yicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida ulardan qariyb jami 300 mln so‘m soliq qarzdorligi davlat foydasiga undirildi.

Shu sababli ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan ijro to‘liq ta’minlanganligi munosabati bilan tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar sabab ko‘chmas mulklar xatlanishiga sabab bo‘ldi