08:45 / 07.08.2020
2 780

Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma’lumot berdi

Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan shaxs haqida ma’lumotlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha izoh berdi.

2020 yil 6 avgust kuni Olmazor tumanida xizmat olib borgan profilaktika inspektorlari A. Karimov va Z. Jabborberganovlar hamda patrul-post xizmati avtoekipaji xodimlari Kichik halqa yo‘li ko‘chasida yuqori voltli elektr uzatish tarmog‘i ustuniga chiqib olgan ayolni ko‘rib qolishdi. Ayol atrofdagilarga o‘zini tepadan tashlab, o‘z joniga qasd qilmoqchiligini aytgan.

IIBB xodimlari, shu atrofda bo‘lgan Sergeli tumani 8-son yong‘in-qutqarish qismi mutaxassisi safdor Sherzodbek Nurmuhamedov bilan ayolning yoniga chiqib, uni pastga tushirgach, Olmazor tumani IIO FMB 6-son IIBga yetkazishgan. Ayolning shaxsi aniqlangan: Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan 36 yoshli D.U. vaqtinchalik poytaxtning Olmazor tumanida yashab kelgan.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda ayol bilan psixolog ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida sodir bo‘lgan hodisa haqida rasmiy ma’lumot berdi