17:20 / 07.08.2020
528

Kurerlik jo‘natmasi orqali yuborilgan 5,4 kilogramm zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Kurerlik jo‘natmasi orqali yuborilgan 5,4 kilogramm zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi
Zargarlik buyumlarini yurtimizga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijiy davlatdan kurerlik tashkiloti orqali fuqarolar T.A, I.J, D.D, D.R, T.S, U.Sh.lar nomiga yuborilgan kurerlik jo‘natmalari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, kurerlik jo‘natmalarida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 87 xil turdagi, og‘irligi 5,4 kg bo‘lgan, umumiy qiymati 81,7 million so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)