18:00 / 07.08.2020
2 136

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda
Oliy Majlis Senatining 6-yalpi majlisida senatorlar «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunni muhokama qilishdi. Mazkur qonun bilan xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga bir qator o‘zgarishlar kiritish kutilmoqda.

Senator Erkin Gadoyev hozirga qadar xususiy bandlik agentliklari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
«Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida» 2018 yilda qabul qilingan qonunning qo‘llanishi jarayonida agentliklar tomonidan suiiste’mollik hollari kuzatildi.

Xususan, hozirgacha 7123 nafar fuqaroga 72 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazgani uchun xususiy bandlik agentligi rahbarlari bo‘lgan 10 kishiga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 103ta xususiy bandlik agentligi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shulardan 74tasi litsenziya olgan. Ulardan 21tasi faoliyatini tashkil qila olmay, litsenziyasini topshirgan. Qonunchilikni turli shaklda buzgani uchun 11tasining litsenziyasi bekor qilingan», dedi senator.

Ma’lum qilinishicha, qonunga quyidagi o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritiladi:
Ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar ish qidirayotgan shaxslardan emas, balki ish beruvchilardan undiriladi. Bunda to‘lov ish qidiruvchi ish bilan ta’minlangandan keyin amalga oshiriladi.

Ish bilan ta’minlash bo‘icha xizmatlar amalga oshirilmagan taqdirda agentlikning mansabdor shaxslari javobgarlikka tortiladi.

Xususiy bandlik agentligi fuqarolar bilan shartnoma tuzishda ham o‘zining ma’lumotlarini, ham Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumotnomalarini ko‘rsatishi shart bo‘ladi. Bu muammo yuzaga kelganda agentlik ustidan vazirlikka murojaat qilish imkonini beradi.

Ish qidiruvchi va xususiy bandlik agentligi o‘rtasida tuzilayotgan shartnomalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida onlayn vaqt rejimida ko‘rib boriladi.

Respublikadan tashqarida ish qidirayotgan fuqarolarni ishga joylashtirish kafolatlarini oshirish maqsadida xususiy bandlik agentliklarining chet ellik ish beruvchi, sheriklar bilan hamkorlik to‘g‘risida yozma shaklda shartnoma tuzishi majburiy bo‘ladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentligining moliyaviy xo‘jalik ishlariga aralashmagan holda ularning faoliyatini tekshirib borish vakolatiga ega bo‘ladi.

«Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xususiy bandlik agentliklari faoliyatida bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda