20:09 / 07.08.2020
3 501

Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol qidirilmoqda

Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol qidirilmoqda
Foto: «Daryo»
Toshkent shahri Olmazor tumani, «Shifokor» mahallasida yashagan 1994 yilda tug‘ilgan Iskandarova Mehribonu To‘xtasin qizi qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, 26 yoshli ayol 6 avgust kuni taxminan soat 8:30 larda uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, u Chilonzor tumani S mavzesidagi kosmetologiya salonida bo‘lgan. Qiz soat 10:30 da salondan chiqib, yo‘l tarafga ketganligi tashqi kuzatuv kameralarida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda karantin cheklovlari 15 avgustgacha uzaytirilgan. Ba’zi viloyatlarda karantin cheklovlari yengillashtirilgan, biroq Toshkent shahrida hozircha sartaroshxona va go‘zallik salonlari faoliyati to‘xtatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Mehribonu Iskandarova 6 avgust kuni soat 10:40 larda «Chilonzor» metro bekati yaqinidagi gul bozori tomonidan avtomashinaga chiqqan vaqti kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Afsuski, avtomashina raqami va qaysi tomonga ketganini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Kuzatuv kamerasidan olingan surat.
Foto: «Daryo»

Belgilari: bo‘yi 160 sm, ko‘zi qora, sochi uzun va to‘q jigar rang.
Egnidagi kiyimi: havo rang ko‘ylak va jinsi shim, qaymoq rang makasima.

«Hurmatli Toshkent aholisi va mehmonlar! Agar siz Mehribonu Iskandarovani ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning qayerda ekanligi haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, 71-278-58-40 (Chilonzor tumani IIO FMB), 71-230-50-85 (Olmazor tumani OII FMB), +998-90-973-64-68 (qizning yaqinlari), 71-232-30-40, 71-232-40-50 yoki 102 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz», — deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda go‘zallik saloniga ketib, uyiga qaytib kelmagan 26 yoshli ayol qidirilmoqda