00:30 / 08.08.2020
1 112

SSV: Koronavirus bemorlarini shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortiladi

SSV: Koronavirus bemorlarini shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni belgilangan davolash-profilaktika muassasalaridan boshqa joylarda in’eksion va infuzion dori vositalaridan foydalangan holda davolash va shifokor buyurgan muolajalarni amalga oshirish taqiqlandi.

Taqiq – Sog‘liqni saqlash vazirining 6 avgust kuni qabul qilingan «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil o‘tkazish to‘g‘risida»gi buyrug‘i bilan joriy etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Buyruqqa asosan, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalaridan tashqarida bemorlarni davolamaslik va belgilangan muolajalarni olib bormaslik to‘g‘risida mamlakatdagi barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan kafolat xatlari olinadi.

Vazirlikning tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi mazkur tartibga amal qilinishini nazoratga oladi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari rahbarlariga ham ushbu qoidaga amal qilish tavsiya etildi.

Endilikda, mazkur tartibga rioya qilmagan xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirining 5 avgust kuni qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga va «COVID-19» bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar»ning 6-nashrida belgilangan tartib va tavsiyalarga zid harakat qilgan deb topilib, javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)