10:18 / 08.08.2020
3 942

Tubanlikka yuz tutgan aël

Tubanlikka yuz tutgan aël
Amudaryo tumanida yashovchi Layloxon (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mol-dunyoga hirs qo‘yib, o‘zi tushgan fahsh girdobiga boshqalarni ham tortishga kirishdi. Yozda farg‘onalik tanishi Mohidilga qo‘ng‘iroq qildi.

«Turkiyaga borib ishlashni xohlovchi qizlar kerak, yengiltak qizlarni toping, har biri uchun besh yuz dollardan beraman. Qizlarni o‘zim jo‘nataman», – dedi. Mohidil Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etdi. Ikki qiz Mohidil bilan birga odam savdosiga qo‘l urgan ayolni jinoyat ustida ushlash tadbirida qatnashishga rozi bo‘ldi.

Mohidil oradan ikki kun o‘tib Layloxon bilan telefonda gaplashdi.
– Istanbuldagi tanishimning yoniga yuboraman, – dedi u.
– Yo‘lkirasi, ularga olib beradigan ust-bosh va boshqa xarajatlar uchun tanishim to‘laydi. Xarajatlarni qizlar ishlab berishadi. Ertaga Toshkentda ko‘rishamiz.

Mohidil qizlar bilan «G‘ishtko‘prik» chegara postiga bordi. Oradan biroz vaqt o‘tib Layloxon yetib keldi. Mohidil u va’da qilgan 1000 dollarni so‘radi. «Qizlarni uchirib yuborganimdan keyin qaytib kelgach beraman», – dedi u. «Hozircha mana buni ola turing», – deya qo‘lidagi soati, ikkita uzugi va 100 AQSH dollarini berdi.

– Istanbulda ishratxonada ishlaysizlar, – dedi qizlarga. – Chegaradan Qozog‘istonga olib o‘tib Chimkent aeroportidan jo‘natib yuboraman. Suratlaringni internet orqali Ali Usmonning telefoniga tashlab beraman. Istanbul aeroportida suratlaringdan tanib oladi. Turkiyaga chiqarib yuborishning xarajatlarini menga ishlab berasizlar, yetti ming dollardan bo‘ladi. So‘ng har bir mijoz bergan pulning yarmi o‘zlaringga qoladi, yarmini ishratxona egalari oladi.

Shartiga ko‘ngan qizlarni chegara postiga boshlagan paytda Layloxon Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Tubanlikka yuz tutib turmush o‘rtog‘idan ajrashgan, odam savdosi jinoyatini sodir etgan Layloxon Mambetovaning qilmishi to‘liq iqrorligidan tashqari, guvohlarning ko‘rsatmalari, Mohidil Boyjonovaning telefon orqali yozib olingan audioyozuvlar, sudlanuvchi unga bergan uzuk, soat bilan tasdiqlandi. Sud uni shartli ravishda besh yilga ozodlikdan mahrum etgani holda qilmishidan pushaymonligi, yolg‘iz onaligi, voyaga yetmagan uchta bolasi borligini inobatga olib, bir yil sinov muddati belgiladi.

Shuxrat Mirzaliyev,
Farg‘ona shahar prokurorining o‘rinbosari

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tubanlikka yuz tutgan aël