11:06 / 08.08.2020
2 378

Qo‘ling bilan bepacan, oëg‘ingdan to‘zacan

Qo‘ling bilan bepacan, oëg‘ingdan to‘zacan
Sud davomida beixtiyor boshidan o‘tganlarning ana shu gapi yodga tushadi. Imkoni bor odam mushkul ahvolga tushib qolgan og‘aynisi, tanishini qo‘llashi savobli amallardan. Hamidulla (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mahalladoshi Turdialining iltimosini rad etolmadi. Uning do‘konidan mollariga yem olib turadi. Savdo ishi ham tavakkal, goh yurishib, goh ortga ketishi mumkin.

– Puldan qiynalib qoldim, – dedi Turdiali. – Iltimos, o‘n ming dollar berib turing, uzog‘i bilan ikki oyda qaytaraman.
– Buncha yo‘g‘u…
– Borini berib turing.

Hamidulla ichkaridan 9000 AQSH dollarini olib chiqib berdi. Oradan ikki oy o‘tib uning do‘koniga, uyiga bordi. U qarzi hisobidan yem olib turishini iltimos qildi. «Qolganini keyinroq beraman» deb ishontirdi. Hamidulla har hafta, ba’zan har o‘n kunda 100-120 kilo yem olib turdi. Oylar o‘tdi, Turdiali har xil bahonalar bilan qarzini to‘lashni ortga suraverdi. 2009 yilning oxirrog‘ida chet elga ishga ketdi. Bir yilda ortiga qaytdi. Hamidullo xorijdan qaytgan Turdialiga uchradi. U tag‘in «ishim yurishmayapti, pul berib turing, avvalgi qarzimga qo‘shib olti oyda qaytaraman» dedi.

Hamidullaning Rossiyada ishlab yurgan qo‘shnisi Sotiboldi «sizda tura tursin» deya pul jo‘natardi. Qo‘ng‘iroq qilib, «yi­g‘ilgan pulimga bitta «Damas» avtomobilini sotib olib, ishonchli haydovchiga ijaraga berib qo‘ying, ijara pulini oilamga berib turasiz» degan edi. Turdiali «o‘sha pulni menga bering, ijara haqini o‘zim to‘lab boraman» dedi. Hamidulla uyidagi Sotvoldining 9000 dollar puliga avtomobil olmasdan Turdialiga berib qo‘ydi. Uch marta oyma-oy bergan 900 ming so‘m, 780 ming so‘m, 450 ming so‘m ijara pulini Hamidulla Sotvoldining oilasiga topshirdi. Turdiali ijara pulini to‘lashni ham bas qildi. 2017 yilning 26 aprel kuni oila a’zolari bilan kelib yana qarz so‘radi. «2 ming dollar berib tursangiz sizdan olgan 18 ming dollarni qo‘shib, 20 ming qilib qaytaraman» dedi.

Hamidulla do‘kondan olib turganim yem haqi deya bergan qarzining 10 ming dollaridan voz kechdi. Unga 2 ming dollar berdi. Turdiali avvalgidan qolgan 8 mingga 2 mingni qo‘shib, 10 ming dollar qarzini 26 may kuni qaytarib berishga va’da qildi, tilxat yozdi. Tilxatga o‘zidan tashqari akasi, ikki o‘g‘li va xotini imzo qo‘yishdi. Biroq u yana aldadi, oradan bir oy o‘tib qarzini qaytarib bermadi. 2018 yili boshqalardan ham qarzga pul olib qaytarib bermasdan aldab kelgan Turdiali sudlanib, axloq tuzatish ishlari jazosiga tortildi. Sudning 2019 yil sentabr oyidagi ajrimi bilan jazoning qolgan qismini o‘tashdan ozod etildi.

Hamidulla tilxatdagi 10 ming dollarni qaytarib olishiga ko‘zi yetmasdan Qo‘shtepa tumani IIBga murojaat qildi. O‘n yil aldab kelgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Sudda Turdiali G‘oyibov aybini tan olmadi. Haqiqatan Hamidulladan 2009 yili 9000, 2011 yili yana 9000 dollarini qarzga olganini, ushbu qarz hisobidan Hamidulla omixta yem olib turganini, ishi yurishmay 2017 yili undan olgan 2000 dollar qarzining 200 dollarini qaytarib berganini, hozir qolgan qarzini to‘liq qoplaganini inobatga olishni so‘radi.

– Chet elda ishlab yurib, qo‘shnim Hamidullaga saqlagani pul jo‘natib turganman, – dedi guvoh Sotiboldi. – Yig‘ilgan 9 ming dollarga «Damas» mashinasini olib, taksi haydovchisiga ijaraga berib qo‘yishni, ijara pulini oilamga berib turishni tayinlaganman. Chet eldan qaytganimdan keyin u mashina ololmaganining sababini aytmasdan yig‘ilgan pulimni to‘liq berdi. Sudlanuvchi undagi mening pulimni qarzga olib bermaganini keyin bildim.

Jabrlanuvchi Hamidulla sudlanuvchi Turdiali G‘oyibov yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganini, unga da’vosi yo‘qligini ta’kidladi. Firibgarga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Akbarali Yusupov,
Qo‘shtepa tumani prokurorining yordamchisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘ling bilan bepacan, oëg‘ingdan to‘zacan