11:53 / 08.08.2020
4 280

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi!

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi!
Joriy yilning 7 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi boshlig‘i U.Elmurodovning IIB xodimi bilan suhbatda xaqoratli so‘zlarni ishlatganligi to‘g‘risidagi vedioyozuv joylashtirilgan.

O‘rganishda, MIB Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i U.Elmurodov Qashqadaryo viloyatidagi ma’muriy binolarning biriga borganida, uni IIB Qo‘riqlash xizmati xodimlari binoga kirgizmaganligi sababli, haqoratli so‘zlarni ishlatganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur xolat yuzasidan 07.08.2020 yilda Byuroning Qarshi shaxar bo‘limi boshlig‘i U.Elmurodovga nisbatan xizmat tekshiruvi xarakatlari tayinlangan bo‘lib, tekshiruv natijasiga ko‘ra aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi qat’iyatlik bilan hal etiladi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘ining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi!