18:41 / 08.08.2020
2 059

Bu yil OTM to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi

Bu yil OTM to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Bugun, 8 avgust kuni AOKAda «Oliy ta’lim muassasalarida 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik, kirish imtihonlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalar» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Davlat test markazi rahbariyati ishtirok etdi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov kontrakt to‘lovi o‘zgarishi masalasiga aniqlik kiritdi.

2020-2021-o‘quv yilida kontrakt to‘lovi miqdori o‘zgarishsiz qoladi, oshirilmaydi, kamaytirilmaydi. Qo‘shimcha qilish kerakki, pandemiya sharoitida ikkinchi va undan yuqori kurslar sentabrdan boshlab masofadan tahsil olishni boshlaydilar. Kirish imtihonlari sentabrda bo‘lib o‘tishini hisobga olsak, birinchi kurs talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlari oktabrdan boshlanadi”, – deb ma’lum qildi Majidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil OTM to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarmaydi