Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Shamuratov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Shamuratov mansabga sovuqqonlik bilan qaragani, mahallalar bilan ishlamaganligi va muhtojlar ro‘yxatini shakllantirishda tizimli ish tashkil qilmaganligi sababli ishdan bo‘shatilgan.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Murod Isaboyev Sergeli tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan. Baxtiyor Shamurtov Toshkent davlat agrar universiteti (1999) va O‘zbekiston DSQ Soliq akademiyasi (2002) bitiruvchisi.
U 1999-2012 yillarda soliq qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan, 2012-2014 yillarda Toshkent Kapital qurilish boshqarmasida ishlagan, 2014-2018 yillarda Sergeli tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2018 yil davomida Toshkent turizmni rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan, 2018-2019 yillarda Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2019 yil sentabridan buyon Sergeli tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?