22:06 / 08.08.2020
4 986

Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi?

Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida uning ijrosiga mas’ullar nomma-nom qayd etilib, ularning shaxsiy javobgarligiga oid masalalar birma-bir ko‘rsatib o‘tildi.

Xususan, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A. Ramatov zimmasiga qaror ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuklatildi.

Bosh vazirning o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J. Qo‘chqorov qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan zarur mablag‘larni o‘z vaqtida ajratish va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilishga mas’ul ekani ko‘rsatildi.

Tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, investorlar hamda investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda tumanning eksport salohiyatini oshirish ishlari Bosh vazirning o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, Bosh vazirning yana bir o‘rinbosari O‘. Barnoyevga So‘xda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni o‘zlashtirish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirish vazifasi topshirildi.

Bosh vazirining o‘rinbosari B. Musayev tumanda ijtimoiy sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlariga javobgar ekani ko‘rsatildi.

Qaror ijrosi nazorati esa, doimgidek, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov gardaniga yuklatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramatov nimaga mas’ul? Qo‘chqorov, Barnoyev va Musayev-chi?