10:18 / 09.08.2020
1 847

Bojxonachilar traktor tirkamasidagi somon o‘ramlari ostiga 2,7 mlrd. so‘mlik dori-darmonlar yashirilganligini fosh etishdi

Bojxonachilar traktor tirkamasidagi somon o‘ramlari ostiga 2,7 mlrd. so‘mlik dori-darmonlar yashirilganligini fosh etishdi
Sifati kafolatlanmagan dori vositalari va tovar moddiy boyliklarni yurtimizga yashirincha olib kirilishi va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda “Yangiqo‘rg‘on” tumanida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida yirik qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Qo‘shni davlat bilan chegaradosh bo‘lgan mazkur tuman hududida tun qorong‘usida harakatlanib ketayotgan traktor sergak xodimlarning e’tiborini tortdi. Bir qarashda “TTZ-28” rusumli traktor tirkamasiga somon o‘ramlari ortilgan edi go‘yo. Ammo, ushbu somon o‘ramlari osti sinchiklab tekshirilganda hammasi oshkor bo‘ldi.

Qarangki, fuqaro M.K. boshqaruvidagi mazkur traktor tirkamasiga ortilgan somon o‘ramlari ostiga umumiy qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etuvchi, 4 turdagi, 9229 dona sifati kafolatlanmagan dori-darmon vositalari hamda 1010 metr matolar uddaburonlik bilan yashirilgan ekan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar traktor tirkamasidagi somon o‘ramlari ostiga 2,7 mlrd. so‘mlik dori-darmonlar yashirilganligini fosh etishdi