12:30 / 09.08.2020
2 021

Andijonda «moyka» ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi

Andijonda «moyka» ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi
Andijon shahrida 17 yoshli I.O‘. ismli fuqaro o‘zi ishlaydigan avtomobil yuvish shoxobchasidagi rahbarining Spark’ini olib qochib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 3 avgust kuni tungi soat 03:30 larda Andijon shahri, Furqat ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan, voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘. fuqaro S.B.ga tegishli Spark’ni olib qochgan.

«Moyka» egasining mashinasini qulflamagani va kalitni o‘t oldirgichda qoldirgani yigitga qo‘l kelgan. U Spark’da kunduz kuni soat 13:30 larda, Andijon tumani, Kelajak avlod ko‘chasida yuk mashinasining orqasiga borib urgan.


Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.O‘. protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, deyiladi department xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda «moyka» ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi