22:25 / 10.08.2020
2 202

«Markaziy Osiyo + Yaponiya» tashqi ishlar vazirlarining majlisi o‘tkaziladi

«Markaziy Osiyo + Yaponiya» tashqi ishlar vazirlarining majlisi o‘tkaziladi
2020 yil 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda, shuningdek, Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Toshimitsu Motegi, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashadi.

Majlisda chog‘ida muloqot davlatlaridagi joriy epidemiologik holat, koronavirus infeksiyasi va uning oqibatlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari hamda pandemiya sharoitida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Markaziy Osiyo + Yaponiya» tashqi ishlar vazirlarining majlisi o‘tkaziladi