09:08 / 11.08.2020
3 640

Umrni tortishuv bilan o‘tkazmang!

Umrni tortishuv bilan o‘tkazmang!
Muqaddas ilmga ahl bo‘lgan yoshlarni o‘zlarining va boshqalarning vaqtini cheksiz bahs-u munozara, tortishuv va raddiyalar ila isrof qilayotganini ko‘rish naqadar achinarli.

Bundan ham achinarlirog‘i, ko‘pchiligimiz, aslida, bunday bahslardan zavqlanamiz. Bu so‘fiy, salafiy, ash’ariy, devbandiy va barlaviy tortishuvlari hech qachon oxiriga yetmaydi. Nega endi bu bebaho vaqtimiz va quvvatimizni bundan ko‘ra sermahsulroq narsalarga sarflamaymiz?!

Negadir namozni xushu’ bilan ado etuvchi, husni xulqli yaxshi musulmon bo‘lish haqida post qilsangiz o‘qiydigan odam topa olmaysiz. Falon-falonga raddiya beruvchi, kimnidir ochiq tortishuvga chaqiruvchi, u yoki bu guruhni qoralovchi post qiling hamma qiziqib o‘qiydi. Bu chindan ham juda afsuslanarli holat.

Alloh haqqi hayotingiz va vaqtingizni qadrlang. Imom Molik aytar edilar: "Din masalalari bo‘yicha tortishish, mujodala qilish ilmning nurini ketkazadi". Men hayotining avvalgi qismini shunday raddiya va tortishuvlarga bag‘ishlab keyinchalik afsus-nadomat qilgan ko‘plab olimlarni taniyman. Bunday odamlarni rag‘batlantirmang va bunday bahslarga qiziqishdan saqlaning. Allohim barchamizni haqiqiy ma’rifat aa anglash ne’mati ila siylasin. Amiyn.

Muftiy Muhammad Adam Al-Kavsariy. “Jome’ Ulum al-Qur’on” muassasasi mudiri. Lester, Buyuk Britaniya.

Habibulloh Jo‘raboyev tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Umrni tortishuv bilan o‘tkazmang!