Prezident sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga qaratilgan farmonni imzoladi.
O‘zbekistonda aybiga iqrorlik bo‘yicha kelishuv instituti kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ayrim toifadagi jinoyatlar bo‘yicha shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan, shuningdek, keltirilgan zararni bartaraf etgan taqdirda unga nisbatan qonunda belgilangan eng ko‘p jazoning yarmidan ko‘p bo‘lmagan miqdori va (yoki) muddatigacha jazo tayinlanadi.
Bundan tashqari, endilikda ushbu toifadagi jinoyat ishlari soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilib, fuqarolar ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinadi.
Toshkent shahar prokuraturasi tergov bo‘linmalari va Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasining faoliyati xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq namunaviy tarzda tashkil etiladi.
Ushbu tergov bo‘linmalari zamonaviy kriminalistik uskunalar bilan jihozlangan avtotransport vositalari, protsessual harakatlarni audio va videoga qayd etish tizimlari hamda stenografiya qilish uskunalari bilan ta’minlanadi.
Tergov xonalari zamonaviy tarzda, xalqaro standartlarga moslashtirilib, shaxslarning himoyachi bilan xoli uchrashishi uchun mo‘ljallagan holda tashkil etiladi.
Shu bilan birga, tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarini texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash choralari ko‘riladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi