17:20 / 11.08.2020
2 313

O‘rtasaroydagi karantin zonasiga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘rtasaroydagi karantin zonasiga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Xabar qilinishicha, Yuqori Chirchiq tumani O‘rtasaroy karantin shaharchasida xizmat olib borayotgan viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan, karantin shaharchasining qurilish hududida yolmanma xizmatchi bo‘lib ishlovchi 25 yoshli T.A. nazorat o‘tish joyida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan qog‘ozga o‘ralgan, (ekspertiza xulosasiga ko‘ra) og‘irligi 2,83 gr marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB TB tomonidan T.A.ga nisbatan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, JKning 276-moddasi 1-qismi – giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo‘natishni nazarda tutadi.

Ushbu jinoyat BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘rtasaroydagi karantin zonasiga giyohvand modda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi