6 avgust kuni marg‘ilonlik fuqaro o‘z tanishi bilan katta mablag‘ evaziga garov o‘ynab, Nexia rusumli avtomashinasiga qoplangan 3 tonna sement mahsulotlarini yuklab «Qashqar» mahallasi bo‘ylab harakatlangan.
Bu xatti-harakat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan. Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, avtomashinaning yuk ko‘tarish imkoniyatidan bir necha barobar ortiqcha bosim uning tayanchlarining darz ketishiga sabab bo‘lib, haydovchi va atrofdagilar hayotiga katta xavf tug‘dirgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi