Foto: IIBB axborot xizmati
Joriy yilning 11 avgust kuni soat 22:30da Toshkent shahar IIBBga Sergeli tumani Sputnik-4 massivida ikkita erkak janjallashayotgani va biri ikkinchisini urayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, voqea joyiga PPX avtoekipaji yetib borgan. Erkaklarni ajratib, Sergeli tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limiga yetkazishgan.
Suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha, 27 yoshli S.E. bir necha kun davomida uyiga kelmagan. Uning otasi 52 yoshli F.X. o‘g‘lining bu ishidan g‘azablanib o‘g‘lini kechki payt Sergeli-4 massivida ko‘rib qolganda uni urishib, o‘g‘liga badan shikastlari yetkazgan. S.E. shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183 moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Kelishmovchiliklarni kuch bilan hal qilish kerakli natija bermaydi. Ayniqsa, ulg‘ayib qolgan farzandlaringizning tarbiyasida bunday uslub samarasizdir. Qarindoshlar orasida kelishmovchilik chiqqanda siz doim hududiy profilaktika inspektorlari yordamida Toshkent shahar IIBB psixologlariga murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»