09:35 / 13.08.2020
2 222

Namunaviy tergov xonalarida gumonlanuvchi himoyachi bilan alohida uchrashishi mumkin bo‘ladi

Namunaviy tergov xonalarida gumonlanuvchi himoyachi bilan alohida uchrashishi mumkin bo‘ladi
AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni ijrosi muhokama qilindi.

Tadbirda so‘z olgan Bosh prokuratura akademiyasi kafedra boshlig‘i Xurshid Karimov namunaviy tergov xonalari, bu boradagi amaldagi tartib va namunaviy tartibda tashkil qilinadigan tergov xonalarining farqi haqidagi savolga javob berdi.

«Mazkur xona zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi, turli ovoz yozish apparatlari, video uskuna moslamalari o‘rnatiladi. Xalqaro standartlarda tergov xonalaridagi devor ham ovoz o‘tkazmaydigan maxsus uskunalar bilan jihozlangan, ovozni tiniq yozadigan maxsus qoplamalar bilan qoplangan bo‘ladi. Bundan tashqari, zamonaviy standartlar asosida himoyachi bilan gumonlanuvchi (ayblanuvchi) uchrashishi uchun alohida xona mavjud bo‘ladi. Ya’ni tergov organlari ularning nima haqida so‘zlashayotganini bilmaydi, yakka uchrashish uchun imkoniyat yaratiladi.

Tergov faoliyatini namunaviy tashkil etishda turli suiiste’molchiliklarning oldini olish, qiynoq, qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani qo‘llash bilan bog‘liq holatlarni bartaraf etish uchun barcha zarur choralardan iborat sharoit yaratilishi nazarda tutiladi.

Bugungi kunda e’tibor qaratadigan bo‘lsak, hamma tergov xonasida ham zamonaviy video yoki ovoz yozish moslamalari yo‘q. Barcha tergov xonalarida ham himoyachi bilan xoli uchrashish uchun xonalar mavjud emas. Namunaviy tarzda tergov xonalarini tashkil etish deganda aynan shu narsa nazarda tutilyapti
», deydi Xurshid Karimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namunaviy tergov xonalarida gumonlanuvchi himoyachi bilan alohida uchrashishi mumkin bo‘ladi